Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Kepani jazolamaydi
«Chelsi» klubi rahbariyati darvozabon Kepa Arrisabalagani Liga Kubogi finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (0:0, pen. 3:4) qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari uchun jazolamaydi, deb xabar beradi Evening Standard.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri darvozabon Kepa Arrisabalaga o‘rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo‘lganida, Kepa maydonni tark etishni istamagan va bu bilan Sarrining g‘azabini qo‘zg‘agan edi.
O‘yindan keyin Sarri darvozabon bilan o‘rtasida tushunmovchilik bo‘lganini va unga hech qanday e'tirozi yo‘qligini aytdi. Murabbiy so‘zlariga qaraganda, u Kepaning mushaklari tortishgan deb o‘ylagan. Keyinchalik darvozabon bilan gaplashib, bunday emasligini aniqlagan.
Mavzuga oid
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
18:30 / 01.01.2026
«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskani iste’foga chiqardi
22:28 / 17.12.2025