Jamiyat | 08:41 / 25.02.2019
37188
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida bosqinchilik yuz berdi

2019 yil 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi N.X. yuzini egnidagi kiyimi bilan berkitib, pichoq va temir quvur bilan qurollangan holda “Progress gaz servis” MChJga qarashli avtomashinalarga gaz yoqilg‘isini quyish shoxobchasining operator xonasiga bostirib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu shoxobcha operatorlari N.R. va M.S. tanasining turli joylariga temir quvur bilan urib jarohat yetkazgan.

So‘ng M.S.ni pichoq bilan qo‘rqitib kassadan 505 000 so‘m pulni olib, voqea joyidan yashirinayotgan vaqtida shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimlari tomonidan ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid