Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Quruq gaplar». Pompeo Putinning bayonotini jiddiy qabul qilmadi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qilishicha, Vashingtonning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqishi hamda Yevropada Amerika qurollarini joylashtirish oqibatlari bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ogohlantirishlari jiddiy emas. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi shunchaki qo‘rqitib qo‘yishga urinib, tahdid qilmoqda.
«Bu, albatta, shunchaki balandparvoz so‘zlar hisoblanadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Pompeo.
Pompeoning ishonch bildirishicha, AQSh ushbu bitimda yozib qo‘yilgan hech qanday majburiyatlarga ega emas, sababi «Rossiyaning o‘zi bu bitim shartlarini buzgan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin AQSh raketalarining Yevropada joylashtirilishiga javob qanday bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026