Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Korrupsiyalashgan mafiyaning yuzi»: AQSh Eron tashqi ishlar vaziri iste'fosiga izoh berdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning iste'foga chiqishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar uning iste'foga chiqishi haqidagi ma'lumotga e'tibor qaratdi.
«Nima bo‘lgan taqdirda ham, u (Zarif) va (Eron prezidenti) Hasan Ruhoniy - shunchaki korrupsiyalashgan diniy mafiyaning qo‘g‘irchoq shaxslari», - dedi Pompeo.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh fikricha, qarorlar Oyatullah Xameneiy tomonidan qabul qilinadi. Pompeoning qayd etishicha, Amerika tomonining siyosati o‘zgarishsiz qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri iste'foga chiqishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026