Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda ruda toshlarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi
2019 yil 25 fevral kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahar IIBga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, shu yil 6 fevral kuni Angren shahar Ziyoratgoh ko‘chasida yashovchi A.Yu. va Lochin ko‘chasida yashovchi M.A. Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan “Qo‘rg‘oshin koni”ga erkin yo‘l bilan kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan, og‘irligi 813 kg. 450 gr. ruda toshlarini 28 dona qoplarga solib, talon-taroj yo‘li bilan fuqaro F.O‘.ga tegishli non pishirish sexiga yashirib qo‘ygan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Yu. va M.A. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
13:14 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
12:11 / 18.09.2025