O‘zbekiston | 10:02 / 26.02.2019
45501
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mart oyi yomg‘irlar bilan boshlanadi

Foto: KUN.UZ

25-27 fevral kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq atrofida, kunduzi 13-18 daraja iliq, respublika janubi va cho‘l zonalarida 20 darajagacha ko‘tariladi, bu shu davr uchun ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori haroratdir.

FVV xabariga ko‘ra, 28 fevraldan 2 martgacha respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi. Mamlakat hududida bulutlilik ortib, 28 fevralda va 1 martda ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 

2 mart kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu davr mobaynida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanadi.

Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, 28 fevral - 1 mart kuni kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 martda 10-15 daraja iliq, tog‘li hududlarda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid