O‘zbekiston | 11:14 / 26.02.2019
4782
2 daqiqa o‘qiladi

Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyoga imtiyozlar uzaytirildi

Foto: Shutterstock

Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyoga imtiyozlar uzaytirildi. TIF TNdagi yana bitta pozitsiya bojxona to‘lovlaridan ozod etildi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 18.12.2017 yildagi PQ–3438-son qarori 5-bandi bilan 2019 yilning 1 yanvarigacha qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan quyidagi metallurgiya xomashyosi bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod etilgan: 

TIF TN kodi

Tovar pozitsiyasining nomi

2619

Tarkibida metallar, margimush yoki ularning birikmalari mavjud bo‘lgan qotishma, kul va qoldiqlar (qora metallarni ishlab chiqarishda yuzaga keladiganlari bundan mustasno)

7203

Temir rudasining bevosita tiklanadigan mahsulotlari va bo‘lakli, quyma yoki shunga o‘xshash shakllardagi boshqa g‘ovak temir; tarkibida 99,94 mas.% asosiy element minimal miqdorda bo‘lgan bo‘lakli, quyma yoki shunga o‘xshash shakllardagi temir

7204

Qora metallar chiqindilari va parchalari; qayta eritish uchun qora metallarning quymalari (shixta quymalari)

7207

Temir yoki legirlanmagan po‘latdan yarim tayyor mahsulotlar

Ushbu imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Bunda qo‘shimcha tovar pozitsiyasi – 7224-«Quyma yoki boshqa birlamchi shakllardagi boshqa legirlangan po‘lat; boshqa legirlangan po‘latlardan yarim tayyor mahsulotlar» hisobiga imtiyozning amal qilishi kengaytirildi. TIF TNning ushbu kodi bo‘yicha imtiyoz 23.02.2019 yildan boshlab qo‘llanadi.

Hujjat 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid