Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyali aloqa virtual operatorlari hamda tele- va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyozlar beriladi
Teleradioeshittirishlarni tarqatish, tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari 50 foizga kamaytirilmoqda.

Foto: Senat.uz
Senatorlar “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqishdi.
Qonun bilan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) faoliyatini kengaytirish maqsadida ular tomonidan radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishi natijasida undiriladigan davlat boji miqdorlari kamaytirilyapti. Ushbu sohada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, agar uyali aloqa virtual operatori tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yilida ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshgan taqdirda, ushbu uyali aloqa virtual operatori daromadining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat boji to‘lanishi belgilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda respublikada o‘z telekommunikatsiya tarmog‘iga ega 5 ta mobil aloqa bazaviy operatori xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Radiochastota resursiga ega bo‘lmagan 1 ta virtual mobil aloqa operatori mavjud.
Hududlardagi xususiy telekanal va radiokanallar o‘z teleradiodasturlarini efirga uzatish hamda moddiy-texnik bazalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashda ayrim moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu bois qonun bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari 50 foizga kamaytirilmoqda.
Bunda tele- va radiokanallarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga, ya’ni 4,1 mlrd so‘mga yaqin pul mablag‘lari evaziga xususiy teleradioeshittirish sub’yektlari faoliyatini rivojlantirishga erishiladi.
Qonun bilan davlat bojini undirishda yana bir qo‘shimcha imtiyoz berilib, unga ko‘ra, yillik undiriladigan davlat bojining miqdori teng ravishda yilning har choragida bo‘lingan holda to‘lash mexanizmi yaratilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida call-markaz ishga tushdi
Jamiyat | 10:37
-
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi
O‘zbekiston | 10:27
-
O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
O‘zbekiston | 10:23
-
Toshkentda ko‘chalardan biri bir oyga transport harakati uchun yopildi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

09:30 / 09.06.2023
Nogironligi bor shaxslar OTMga kirishda qanday imtiyozlarga ega?

08:26 / 29.01.2022
Xususiy klinikalarda imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi

07:40 / 22.01.2022
Ayrim issiqxonalarga imtiyozlar berildi

23:09 / 23.11.2021