O‘zbekiston | 08:26 / 29.01.2022
4986
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy klinikalarda imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi

Foto: Kun.uz

“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, ta’lim sifatini oshirish hamda aholi salomatligini ta’minlash doirasida 2022 yilda:

  • 1 apreldan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga (Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridan tashqari) farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi;
  • darsliklarni yangilash uchun 605 mlrd so‘m ajratiladi;
  • 141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilib ularning soni 2026 yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkaziladi;
  • 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi;
  • xususiy tibbiyot tashkilotlarida davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinadi.

2022 yil 1 iyulgacha:

  • 2022 yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi;
  • xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

2022 yil 1 iyuldan “oilaviy shifokor” yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Mavzuga oid