Jahon | 21:48 / 28.02.2019
4909
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi

2019 yilgi Qonun ustuvorligi indeksida O‘zbekiston 126 davlat ichida 94-o‘rinni egalladi. The World Justice Project xalqaro mustaqil tashkiloti reytingi natijalari shundan dalolat bermoqda. 

Yangilangan reytingda O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqorilab, 0.46 ball to‘plagan. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida esa respublikamiz 13 mamlakat orasida 12-o‘rinda. 

The World Justice Project'ga ko‘ra, Qozog‘iston - 65, Qirg‘iziston - 85, Rossiya - 88, Belarus esa 66-pog‘onada qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingda yo‘q.

Qonun ustuvorligi reytingi 2010 yilda ishlab chiqilgan. U mamlakatlarning huquqiy muhitni ta'minlashga oid yutuqlarini baholaydi.

Ma'lumotlar sakkiz nazorat ko‘rsatkichni birlashtiradi: hukumat institutlari vakolatlari cheklanganligi, korrupsiyaning yo‘qligi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hukumat institutlari shaffofligi, qonunlarga rioya qilish, fuqarolik va jinoiy javobgarlik. 

Qonun ustuvorligi reytingida Daniya, Norvegiya va Finlyandiya mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Eng yomon natijalar Kongo, Kamboja va Venesuelaga tegishli. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid