28 fevral kuni öz iş faoliyatini boşlagan Senat yalpi majlisi yiğilişida rais Niğmatilla Yöldoşev maktab darsliklarini tayyorlanişini tanqid qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Şuningdek, Senat raisi maktab öquvçilarining davlat tili, ona tilini yaxşi bilmasligini ta'kidladi. Masalan, 8-sinf öquvçilarining ona tilidan özlaştiriş darajasi mamlakat böyiça 72 foiz, 9-sinf öquvçilarining matematikadan özlaştirişi esa 54 foizni taşkil etişi ma'lum qilindi.
«Ayniqsa, ona tilidan özlaştiriş Toşkent şahrida 58 foizni, Namangan viloyatida 32 foizni, matematikadan özlaştiriş Qoraqalpoğistonda 26 foiz, Namangan viloyatida 23 foiz, Toşkent şahrida bor-yöği 13 foizni taşkil etgani taşvişli holdir», - deya ta'kidlagan rais.
Parlament ta'lim sifati, pirovardida butun millat kelajagiga daxldor bölgan mazkur masalalar va muammolar kölami ğoyat kengligi, ular yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralar,olim va amaliyotçilar, ekspertlar, qolaversa, keng jamoatçilik munosabati muhim ekanligini inobatga olib, umumta'lim maktablari darsliklarini tayyorlaşning bugungi holati yuzasidan bir qator savollar bayon etilgan parlament sörovini Boş vazir örinbosariga yöllaşni lozim topdi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Senatda ayrim maktab darsliklari marhum şaxslar muallifligida çop etilayotgani, boşqa tilda ta'lim beriladigan maktablarda davlat tiliga kam e'tibor qilinişi haqida mulohazalar bildirilgandi.












