Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» murabbiylaridan biri klubni tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatildi, uning o‘rniga Raul tayinlandi
Foto: AS
«Real»ning sobiq futbolchisi Alvaro Benito klubning 16-18 yoshli futbolchilardan iborat jamoasi - «Juventil B» murabbiyi lavozimidan ozod etildi.
Marca xabariga ko‘ra, Benito o‘z klubini Ispaniya kubogi yarim finalida «Barselona»ga yirik hisobda yutqazganini tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan. U «Cadena Ser» radiosi va «Movistar» telekanali efirida ekspert sifatida chiqish qilgan.
Alvaro Benito o‘z so‘zida, jumladan, shunday degan: «Vinisius hammani hayron qoldiryapti, u hali yosh, lekin jamoa o‘yinida disbalans kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Muammo shundaki, tarkibda Kazemiro va Kroos kabi futbolchilar bor, ular bir daqiqa bo‘lsin tayinli o‘yin ko‘rsatishmadi».
Endilikda Benitoning o‘rnida Raul Gonsales Blanko ish boshlaydi. «Real» tarbiyalanuvchisi klub tizimida 16 yil (1994-2010) to‘p tepgan. Asosiy jamoa safida u 520ta o‘yinda qatnashib, 228ta gol urgan; 16ta jamoaviy sovrin sohibi bo‘lgan. U Ispaniyaning 6 karra chempioni, 3 karra YeChL g‘olibi sanaladi.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025