Hindiston – Pokiston. Ziddiyat ildizi qayerda? Özbekiston qanday munosabatda?
|23:06 / 02.03.201978 5209 min
Foto: AP Photo/Mukhtar KhanFoto: AP Photo/Mukhtar Khan
Hindistonda 1 mlrd 340 mln aholi bor, Pokistonda esa 210 milliondan ortiq. Har ikki davlat eng birinçi duşman sifatida aynan öz qöşnisini biladi va ular allaqaçon jang maydonlarida kuç sinaşib körişgan. Eng muhimi, har ikki davlat hamişa şay turgan yadro qurollariga ega. Demak arzimas uçqun ham aql bovar qilmas ziddiyatlarga, bemisl talofatlarga sabab bölişi mumkin.
Olis ötmiş
Mamlakatlarning hammasi öz tarixida kim bilandir yovlaşgan, oçiq janglarga kirişgan. Yigirma birinçi asrga kelib qisman tinçlik hukm surgan bölsa-da, moziydagi alamlar hamma joyda ham unutilmagan. Ana şunday “muzlatilgan”, ammo vaqti-vaqti bilan alanga oluvçi ziddiyatlardan biri, lozim bölsa eng yirigi Hindiston va Pokiston örtasidagi mojarodir.
Bir vaqtlar Hindiston deyilganda Osiyoning juda katta qismini egallagan, nihoyatda boy mamlakat tuşunilgan. Vaqti kelib, Britaniya mustamlakasiga aylangan paytida ham uning hududi juda ulkan bölgan va zamonaviy Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Myanma kabi davlatlarning maydoni va yana ançagina hududlarni egallagan.
Ammo juda ulkan va boy mamlakat bölişiga qaramay, Hindiston hududi doimiy uruşlar makoni ham bölgan. Uning boyligini egallaş istagida kelganlarga qarşi uruşlardan taşqari minglab roja va maharojalar bir birlari bilan ayovsiz jang qilganlar, ayniqsa bu hududda keçgan diniy ixtiloflar, xususan hind-musulmon töqnaşuvlari juda dahşatli keçgan.
Hindiston Britaniyadan mustaqillik olgan 1947 yilga kelib musulmonlar Hindistoni, ya'ni Pokiston masalasi örtaga taşlanadi. Hindistonning öşa paytdagi rahbariyati qarşiliklariga qaramay Pokiston ham ajratib olinadi.
Öşanda ulkan köçiş kuzatiladi – musulmonlar zamonaviy Pokiston hududiga, hindlar esa Hindistonga. Ammo şunga qaramay ayrimlar özlari tuğilgan hududni tark etişmaydi, xususan bugungi kunda ham Hindistonda 170 mlndan ortiq musulmonlar istiqomat qiladi va ular soni muntazam oşib bormoqda (bu faktga e'tibor bering).
Mavzuga oid
Foto: AFP/Getty Images
Kaşmir muammosi va havo uruşi
Ikki davlat örtasidagi hal etilmagan muammolarning eng yirigi Kaşmir hududi böyiça talaşuvdir. 1947 yilda Britaniya Hindistoniga mustaqillik beriş, uni ikki davlatga ajratiş nihoyatda şoşma-şoşarlik bilan olib borilgan. Öşa paytda Kaşmir rahbari hind, aholisining mutlaq köpçiligi esa musulmonlar edi. Kaşmir rahbariyati (rojasi) va yetakçi partiyasi vakillari katta imtiyozlar evaziga Hindiston tasarrufida qoliş istagini bildirişdi. Bu hudud öziga tegişli bölişiga kelişilganini pisanda qilgan Pokiston darhol masalaga harbiy yöl bilan yeçim izladi va dastlabki qurolli töqnaşuv yuz berdi.
Ikki yildan ortiq davom etgan töqnaşuvlar natijasida, Pokiston ayrim hududlarni qölga kiritgan bölsa-da, Kaşmir orzusiga erişa olmadi. Xalqaro hamjamiyat aralaşuvi bilan ziddiyat töxtatildi, hudud aholisi referendum asosida davlatni tanlaş masalasi kun tartibiga qöyildi. Ammo 1950 yilga kelib Hindiston hukumati har qanday referendumlarni inkor qildi va Kaşmir mazkur davlatning ajralmas bir bölagi ekanligi, bu masala boşqa muhokama qilinmasligini bildirdi.
Şu bilan keyingi 12 yil muvaqqat tinçlik hukm surdi. Bu orada öz salohiyatini oşirib olgan, Kaşmir aholisining, xususan musulmonlarning qöllab-quvvatlaşiga işongan Pokiston 1965 yilda yana hududga bostirib kirdi. Ammo azaldan ma'lumki, uruşlar siyosatçilar öyini, tinç aholi har qanday ziddiyatga qarşi. Pokistonning işonçi puçga çiqdi, asosan havodan şitob bilan qilingan hujumlar asta-sekin söna boşladi, aksinça Hindiston Pokiston kuçlarini nafaqat öz hududidan siqib çiqardi, balki qöşnisi hududiga ham kirib, harbiy qismlarga faol zarbalar bera boşladi.
Uç haftagina davom etgan uruş biror tomonning ustunligini körsata olmagan bölsa-da, tarixga juda yirik ziddiyat sifatida kirdi va keyinçalik har ikki davlat öz mafkurasida bu uruşdagi qahramonliklari orqali vatanparvarlikni kuçaytirişga urindi, janglar haqida filmlar işlandi, asarlar yozildi, qöşiqlar kuylandi.
“Toşkent deklaratsiyasi”
Bir-biriga yon bermagan har ikki tomon faqat vositaçilar kömagida sulhga erişişlari mumkinligini anglab yetardilar va sobiq ittifoq ana şunday rolni öynab berdi. Hindiston va Pokiston ziddiyatiga barham beriş, kelgusida tinçlik örnatiş böyiça kelişuvlar uçun Özbekiston poytaxti Toşkent şahri tanlandi.
1966 yilning yanvarida Toşkentga taşrif buyurgan Hindiston boş vaziri La'l Bahodir Şastri va Pokiston prezidenti Ayub Xon ittifoq ministrlar soveti raisi Kosigin bilan birgalikda muzokaralarga kirişdilar. Garçi bu masalada deyarli ma'lumotlar e'lon qilinmagan bölsa-da, sulh böyiça barça şuhrat ittifoq rahbariyati yutuği hisoblansa-da, har ikki davlat vakillarining umumiy kelişuvga kelgunlarigaça bölgan bahslarida Özbekiston rahbari Şarof Raşidov ham faol iştirok etgan, ikkita rezidensiyada yaşayotgan La'l Bahodir Şastri va Ayub Xon örtasida bir neça marta borib kelgan.
Foto: Muhammad Ayub Xon, La'l Bahodir Şastri, Aleksey Kosigin
10 yanvarda ikki davlat örtasida “Toşkent deklaratsiyasi” imzolanadi va unga köra har ikki tomon öt oçişni töxtatiş, öz harbiy qismlarini uruş boşlangunga qadar liniyalarga qaytariş, diplomatik aloqalarni tiklaşga kelişadilar.
Deklaratsiya imzolanganining ertasiga Hindiston boş vaziri La'l Bahodir Şastri Toşkentda vafot etadi.
Yangi tarix sahifalari va atom quroli
Toşkent deklaratsiyasi faol uruşni töxtatgan bölsa-da, kiçik töqnaşuvlar baribir davom etaverdi. Buning sababi, ikki davlat örtasida ançagina demarkatsiya qilinmagan hududlar bölgani, toğli hududda yaşovçilar tomonidan qöşni davlatga qilingan bosqinlar ham öşa davlatning agressiyasi sifatida baholangani, sulhga qaramay har ikki davlat hududida adovatni unutmagan siyosiy kuçlar borligi va boşqa qator omillarda edi.
Bunday lokal mojarolar 1971, 1975, 1980, 1984, 1989 yillarda ham kuzatildi. 1999 yildagi yirik töqnaşuvda har ikki tomon mingdan ortiq askaridan ayrildi.
Bu orada qöşnisi bilan uruşga hamişa şaylik, xalqaro salohiyatni oşiriş maqsadida avval Hindiston, keyin Pokiston yadro qurolini yaratib olişdi. Bugungi kunda Hindistonda 90-110ta, Pokistonda 120ta yadro quroli borligi tasdiqlangan. Endi bu davlatlar örtasidagi har qanday töqnaşuv öta yirik uruşga aylaniş xavfi nihoyatda ortib ketdi.
Yillar ötib, Pokistonning toğli hududlari Afğoniston, Iroq, Suriyadan qoçgan radikal guruhlar uçun makonga aylanib qoldi. Hatto “Birinçi raqamli terrorçi” nomini olgan Usama bin Lodin ham Pokistonning Abbotobod şahrida bemalol yaşab yurgani aniqlanib, yöq qilindi.
Pokiston bunday guruhlarga rasman qarşi bölsa-da, ularni töla-tökis nazorat qiliş imkoniyatiga ham ega emasdi.
Şu kunlarda kuzatilayotgan, 2019 yilning 14 fevralida boşlangan qurolli töqnaşuvlar dastlab Hindiston tasarrufidagi Kaşmir hududida 40 nafar hind zaxira politsiyaçilarining öldirilişidan boşlandi. Hindiston buni darhol qöşnisining agressiv harakati deb baholab, javobni hayallatmadi va radikal kuçlar lagerlari deb hisoblangan hududlarga havodan turib zarbalar bera boşladi.
Foto: Reuters
Pokiston esa buni öz hududiy yaxlitligining, xalqaro normalarning butunlay buzilişi deb baholadi va öz samolyotlarini havoga kötardi. Har ikki davlat öz qöşinlarini jangovar holatga keltirdi.
Prognoz qanday?
Hindistonda 1 mlrd 340 mln aholi bor, Pokistonda esa 210 milliondan ortiq...
Ammo bu insonlarning mutlaq köpçiligi tinçlik tarafdori. Aholisi, iqtisodiy va harbiy salohiyati nisbatan kam Pokistonning Hindistondagi musulmonlarga tayanib töla-tökis uruşga kirişişi ham özini oqlamagan, oqlamaydi ham.
Hozirgi ziddiyatlarda köpçilik atom bombasi aralaşuvidan xavotirlanmoqda. Hindiston harbiy doktrinasida bu davlatning heç qaçon birinçi bölib bu quroldan foydalanmasligi, agar boşqa davlat Hindistonga şunday bomba bilan hujum qilgan taqdirdagina işga tuşirişi belgilangan. Pokiston harbiy doktrinasi esa bu masalada özgaçaroq yondaşadi va davlatning suverenitetiga hamda xalqiga real tajovuz bölganda atom qurolidan foydalaniş mumkinligini közda tutadi.
Foto: AAMIR QURESHI/AFP/Getty Images
Har ikki tomonning hududiy ziddiyatni atom uruşiga aylantirişi ehtimoli juda kam. Çunki bu davlatlarning boşqaruvida katta tajribaga ega bölgan insonlar ötirişibdi va ular bu qurol orqali yeçim izlaş nafaqat qöşnisini, balki özini ham xarob qilişini juda yaxşi anglaşadi.
Bizning pozitsiyamiz
Özbekiston tinçliksevar mamlakat va betaraflik siyosatini olib borgan holda bu ikki davlat örtasidagi qurolli mojarolar yakunlanişi tarafdori. Bu borada poytaxtimizda imzolangan deklaratsiya hali-hanuz tinçlik yölidagi eng muhim hujjat bölib kelayotgani, unga amal qiliş har ikki tomonning burçi ekanligini e'tirof etadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi