Atom bombasi yoki yadro quroli insoniyat yaratgan eng şafqatsiz, eng qirğinbarot vosita bölib, hozirda Yer şari aholisini butunlay qirib taşlaşga qodir bunday qurollar öz imkoniyatini kutib yotibdi. 

2019 yilni dunyo hamjamiyati yangi va nihoyatda jiddiy xavotir bilan kutib oldi. Çunki, AQŞ va Rossiyaning bir birlarini ayblagan holda örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitimdan çiqişlari qurollaniş poygasi yangi bosqiçga kirganini anglatadi.

Dunyoning 9 davlatida yadro quroli mavjudligi aniq yoki qisman tasdiğini topgan. Bular AQŞ, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Isroil (rasman tan olinmagan, lekin katta ehtimol bilan bu mamlakatda şunday qurol bor) va KXDR. Şu bilan birga, Yaponiya va Janubiy Koreyada ham AQŞ atom bombalari joylaştirilgani töğrisida ma'lumotlar mavjud, ammo bu ma'lumotlar rad etiladi.

Isroil atom bombasiga ega ekanligini tan olmagan. Biroq sobiq boş vazir Golda Meir bu borada şunday degan: «Birinçidan – bizda atom bombasi yöq, ikkinçidan – agar zarurat bölsa, biz atom bombasini qöllaymiz».

Jahonning 5 davlati – AQŞ, Rossiya (muqaddam SSSR), Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy rasman yadro klubiga a'zo deb e'tirof etiladi. Sababi, yadro quroli tarqalişini çeklaş böyiça maxsus kelişuvga köra 1967 yilning 1 yanvariga qadar yadro qurolini sinovdan ötkazgan davlatlargina bu klubga a'zo bölganlar va endilikda keyingi qöşilganlarning maqomi noqonuniy hisoblanadi.

Şunga qaramay, KXDR yadro tizimini muntazam takomillaştirib bormoqda, şuningdek yetakçi davlatlar Eronni ham atom işqidan voz keçmay, yaşirin ravişda bunday qurolga ega bölişga intilişda ayblaşadi.

Ma'lumot uçun: atom bombasi va yadro qurolining farqi nimada?

Bu savolga qisqa javob beriş qiyin, har ikkisining öxşaş jihatlari köp bölsada, ayrim farqlari bor. Atom bombasi portlaşida atom yadrosi bölinişi natijasida nihoyatda katta energiya ajralib çiqadi. Vodorod bombasida esa yengil elementlarning yadro sintezi reaksiyasi natijasidagi oğir elementlar hosil bölişi va buning natijasida ham ulkan energiya ajralib çiqişi yotadi. Termoyadro bombalari atom bombasiga nisbatan kuçliroq hisoblansada, zamonaviy bombalar köp hollarda har ikki uslub kombinatsiyalaşuvidan hosil qilinadi.