Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya 2014 yilda izsiz yo‘qolgan Boeing samolyotini yana qidirishni boshlashi mumkin
Malayziya transport vaziri Entoni Loke Siyeu Fuk 2014 yilda izsiz yo‘qolgan Boeing samolyoti qulagan joyni qidirish operatsiyasi yana boshlanishi mumkinligini ma'lum qildi.
Fuk bu haqda Malaysia Airlines aviakompaniyasi layneri yo‘qolganining 5 yilligiga bag‘ishlangan marosimda aytib o‘tgan.
“Agar ishonishga loyiq taxminlar taqdim qilinsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Bizni qo‘l qovushtirib o‘tiribdi deyish noo‘rindir”, deb aytgan Fuk.
Vazir o‘tgan yil qidiruv ishlarini olib borgan AQShning Ocean Infinity kompaniyasi bilan hamkorlik qilinishi mumkinligini aytgan.
Malayziya aviakompaniyasiga qarashli, 2014 yil 8 mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga reysni amal oshirgan Boeing 777-200ER samolyoti havo ko‘tarilgandan 40 daqiqa o‘tgach Janubiy Xitoy dengizi ustida yo‘qolib qolgan. Samolyot bortida 227 yo‘lovchi va ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi 2015 yil yanvarda baxsiz hodisa qurbonlari deb tan olingan. Tergov idoralari samolyotning yo‘qolishi sabablari va tafsilotlarini aniqlay olishmagan.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026