08:46 / 04.03.2019
8263

A Seriya. «Yuventus» «Napoli» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi

Foto: Francesco Pecoraro/Getty Images

A Seriyaning 26-turi chempionatning eng markaziy o‘yinlaridan biri bilan yakuniga yetdi. Peshqadam «Yuventus» «Napoli» mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Turinliklar safida gollarga yarimhimoyachilar Miralem Pyanich va Jan Jan mualliflik qilgan bo‘lsa, maydon egalaridan Xose Kalexon bitta javob golini urdi.

Qayd etish kerak, o‘yinning 25-daqiqasida mezbonlar darvozaboni Aleks Meret qizil kartochka olgan bo‘lsa, 47-daqiqada Pyanich ikkinchi marta ogohlantirish olib, maydonni tark etdi. «Napoli» 84-daqiqada hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo Lorenso Insine penaltidan darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Ushbu natijadan so‘ng turnir jadvalida jamoalar o‘rtasidagi farq 16 ochkoga yetdi. «Napoli» oxirgi to‘rtta o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozona olgani ortidan «Yuve» ketma-ket 8-marta chempionlik masalasini amalda hal etib bo‘ldi.

Italiya chempionati
26-tur, 3 mart
Napoli – Yuventus 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar
: 0:1 – 28 Pyanich, 0:2 – 39 Djan, 1:2 – 61 Kalexon.
Napoli – Meret, Malkyui (Mertens, 46), Maksimovich, Kulibali, Xyusay, Kalexon (Una, 78), Allan, Fabian Ruis, Zelinski, Milik (Ospina, 27), Insine.
Yuventus – Shchensny, Joau Kanselu (De Shilo, 61), Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bernardeski (Dibala, 85), Jan, Pyanich, Matyuidi, Mandjukich (Bentankur, 74), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pyanich (34), Joau Kanselu (54), Maksimovich (77), Aleks Sandro (83), Kulibali (86), Allan (89), Bentankur (89), Dibala (90).
Chetlatishlar: Meret (25), Pyanich (47).
Amalga oshirilmagan penalti: Insine (84)

Torino – Kevo 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 76 Belotti, 2:0 – 90 Rinkon, 3:0 – 90 Dzadza.

SPAL – Sampdoriya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 4 Kualyarella, 0:2 – 11 Kualyarella, 1:2 – 90 Kurtich.
Chetlatish: Chonek (90, SPAL).

Jyenoa – Frozinone 0:0
Chetlatish: Kassata (34, 2SK, Frozinone).

Udineze – Bolonya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25, penalti de Paul, 1:1 – 39 Palasio, 2:1 – 79 Pussetto.

Atalanta – Fiorentina 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 3 Muriel, 1:1 – 28 Ilichich, 2:1 – 34 Gomes, 3:1 – 59 Gosens.

Mavzuga oid
Top