Huawei Enterprise MWC 2019 ko‘rgazmasida raqamli platformani taqdim qildi
Huawei kompaniyasining korporativ yechimlar yo‘nalishi Barselonadagi Mobile World Congress 2019 doirasida «Mukammal intellektual aloqa dunyosini yaratish» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan bulutli texnologiyalarga asoslangan platforma raqamli o‘zgarishlar davrida turli tashkilotlarga biznes-jarayonlar samaradorligini oshiruvchi axborot-aloqa yechimlarini joriy qilishni yanada takomillashtirishga imkoniyat beradi.
Tadbir davomida Huawei Enterprise yo‘nalishi o‘zining eng ilg‘or yechimlarini va «Raqamli platforma», «har qanday nuqtadan foydalanish imkoniyati» va «hamma yerda ishlatiladigan intellektual to‘plam va ma'lumotlarni qayta ishlash» ko‘rgazma maydonlarida to‘rtta flagman mahsulotni taqdim etdi. Bundan tashqari, Huawei Enterprise turli sohalarda raqamli o‘zgarishlar bo‘yicha sammit o‘tkazdi, unda logistika, temir yo‘l, moliya, aviatsiya kompaniyalari, shuningdek «aqlli shahar» yo‘nalishi vakillari ham yig‘ilishdi.
Huawei Enterprise raqamli platformasi raqamli dunyo uchun poydevor yaratmoqda
Raqamli transformatsiya jarayonida har xil korxonalar o‘zgarishlar davrida xizmat ko‘rsatish va operatsion samaradorlikni tizimli oshirish, biznes jarayonlar unumdorligini kuchaytirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish uchun ma'lumotlarni birlashtirish yo‘lida to‘siqlarni yengib o‘tish, shuningdek, yangi biznes-modellar va raqobatbardosh takliflarni amalda tatbiq etishga umid bildiradilar.
“Hozirda korxonalar, iqtisodiyot va butun jamiyatning raqamli o‘zgarishi katta imkoniyatlar yaratmoqda va oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Raqamli transformatsiya sohasida o‘zining o‘n yildan ortiq tajribasiga tayanib, Huawei kompaniyasi ta'kidladiki, raqamlashtirishga faqat raqamli va jismoniy dunyo birlashtirilgan holatdagina erishish mumkin. Ushbu g‘oya asosida biz korxonalar uchun «Huawei Digital Platform»ni yo‘lga qo‘ymoqdamiz - bu yangi AKT, jumladan bulut, sun'iy intellekt, internet jihozlari, yirik ma'lumotlar, konvergent aloqa, videolarni gorizontal birlashtirish, shuningdek qurilmalar, periferiya, aloqa va bulutli tizimni vertikal ulashga qodir yagona platformadir.Bu birlashtirilgan, intellektual va qabul qilinuvchi platformadir. Korxonalardan boshlab kichik hamda o‘rta biznes va startaplar bilan yakunlanadigan Huawei Digital Platform platformasi kompaniyalarning kuchayishiga va yangi darajaga chiqishiga, shuningdek yangi texnologiyalarning adaptiv joriy qilish afzalliklaridan foydalanishiga yordam beradi. Huawei Digital Platform raqamli dunyo uchun asosga aylanadi va muvaffaqiyatli ekotizimni yaratadi”, - deydi Huawei Enterprise Business Group bo‘limi prezidenti Yan Lida.
Uchta ko‘rgazma maydoni va to‘rtta flagman yechimlar platforma, aloqa, intellektual yig‘indi va ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini namoyish qiladi.
Barselonadagi Butunjahon mobil kongressda Huawei Enterprise yo‘nalishi «Raqamli platforma», «har qanday nuqtadan foydalanish imkoniyati» va «hamma yerda ishlatiladigan intellektual to‘plam va ma'lumotlarga qayta ishlash» kabi uchta ko‘rgazma maydonida to‘rtta flagman mahsulotni namoyish qildi. Sun'iy intellekt texnologiyasi asosidagi yechimlar va mahsulotlar singari o‘zining ilg‘or texnologiyalari hamda manfaatli va ishonchli ekotizimlardan tashqari, Huawei Enterprise shahar transport tizimida va chakana savdoda sun'iy intellektdan foydalanish variantlarini taqdim etdi.
-
Raqamli platforma: Ushbu maydonda bulut, Internet buyumlari va ma'lumotlarni tarmoqda saqlashga oid all-flash kabi ilg‘or raqamli yechimlar ma'lumotlar, biznesdagi o‘zaro aloqa va oxir oqibatda raqamli o‘zgarishini tezlashtiruvchi yangi texnologiyalarni adaptiv tatbiq etish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun qay tarzda Huawei Digital Platform raqamli platformasiga integratsiya qilinishi ko‘rsatildi. Bu yerda dunyodagi eng tezkor All Flash MTS OceanStore Dorado seriyasi, jumladan moliya, sanoat va neft sohalarida raqamli o‘zgarishlarni tezlashtirish imkonini beruvchi o‘rta va yuqori narx diapazonlaridagi qurilmalar, shuningdek OceanStore Dorado3000 V3 yangi bazaviy yechimi tanishtirildi. Bundan tashqari, Huawei Enterprise yo‘nalishi shaharni yanada intellektual boshqarish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohani rivojlantirish uchun internet buyumlar, katta hajmli ma'lumotlar, geografik ma'lumotlar, video va konvergent aloqalarni birlashtiruvchi aqlli shaharning raqamli platformasini ko‘rsatib beradi.
-
Har qanday nuqtadan foydalanish va uning imkoniyatlari CloudEngine16800 sun'iy intellekt asosidagi TsOD (ma'lumotlarni tahlil qilish markazi) uchun jahondagi ilk kommutator ekanligini ko‘rsatib beradi.U sun'iy intellektning (SI) hisoblash quvvatini 50 % dan 100 % ga, IPOS (soniyasiga kirish-chiqish operatsiyalari soni) ma'lumotlar omborini 30 % ga oshiradi va soha bo‘yicha o‘rtacha kattalikni besh marta oshiruvchi kommutatorning samaradorligini ta'minlaydi. Stendda 2019-yilda barcha ssenariylar uchun yangilangan LAN Wi-Fi 6 yangi yechimi taqdim etildi. Wi-Fi sohasida eng samarali yechim jahonda ilk tijoriy kira olish nuqtasi Wi-Fi 6 va yechimlarning eng keng qamrovli portfoliosi Wi-Fi 6 larni o‘z ichiga oladi, ularga ofislar uchun AP7650 (aqlli antenna), chakana savdo uchun AP7060DN (IoT-karta) va ta'lim uchun AP8660(uchtalik radiochastotalar) kiradi. U Pudun, Shanxay (Shanghai Pudong Education Bureau) rayoni ta'lim byurolarida va Xitoydagi Fudan universiteti «simsiz aqlli kampus»da (Wireless Smart Campus) yo‘lga qo‘yilgan.
-
Butun dunyo bo‘ylab intellektual to‘plam va ma'lumotlarni qayta ishlash ushbu doirada jahonda birinchi dasturiy aniqlanadigan Huawei X seriyali kameralari qay tarzda ssenariy asosidagi talab, o‘z-o‘zini tahlil qilish va adaptiv ta'lim bo‘yicha ssenariylarni aniqlash hisobiga butun dunyo bo‘ylab intellektual to‘plam va ma'lumotlarni qayta ishlashi namoyish qilingan. Huawei SI funksionali kuchi bir qator biznes-ssenariylar uchun turli sohalarda foydalanish usullarining ko‘pligida o‘z aksini topgan.
-
Logistika: DHLva Huawei birgalikda logistik operatsiyalar samaradorligini oshirish, shuningdek logistikaning to‘liq sektoriga yordam berish uchun Huawei IoT texnologiyalari asosida inqilobiy Smart Logistics Solution ko‘p ssenariyli yechimini ishlab chiqishdi.
-
T/Y: Austrian Federal Railways (ÖBB),Yevropada temir yo‘l sohasida yetakchilik qilgan holda, Huawei aloqa texnologiyalari asosida yuqori sifat, samaradorlik va xizmatlarni doimiy takomillashtirilishini taklif qilib, Huawei kompaniyasi bilan o‘zining hamkorligini kengaytirmoqda.
-
Moliya: Huawei va DBS Bank intellektual to‘plam va ma'lumotlarga ishlov berish funksionalidan samarali foydalanib, moliyaviy xizmatlar sektorining raqamli o‘zgarishini jadallashtirmoqda.
-
Aviatsiya: Huawei va Turkish Airlines aloqa texnologiyalari hisobiga aviatsiya sektorini yanada intellektual tusga kiritmoqda.
-
Aqlli shahar: Huawei va Italiyadagi Sardiniya shahri aqlli shaharni rivojlantirish uchun raqamli platformadan foydalanmoqda.
-
Raqamli transformatsiya ilg‘orlari bilan kuchlarni birlashtirib
Huawei Enterprise yo‘nalishi turli sohalarda faoliyat yuritadigan mijozlar va hamkorlarga raqamli transformatsiyalar sohasida ilg‘or ishlanmalari haqida fikr almashishlarini taklif qildi. Ko‘plab fikrlar va ssenariylarni taqdim etgan Huawei Enterprise o‘zining mijozlariga ular raqamli biznes-inqilobning ishtirokchilariga aylanishlari, shuningdek yangicha foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishda ularni ruhlantirish uchun adaptiv va intellektual asosni yaratishda yordam berishga urinmoqda.
Huawei Enterprise davlat sektori, moliyaviy xizmatlar, energetika, transport, sanoat va boshqa sektorlardagi turli sohalarda mukammal intellektual olamni yaratish uchun har bir tashkilotga raqamli texnologiyalardan foydalana olish imkoniyatini taqdim etishga urinmoqda.Ayni paytda Fortune Global 500 ro‘yxatidan 211 ta kompaniya, jumladan birinchi yuztalikdan 48 tasi, dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq shaharlar raqamli transformatsiya sohasida Huawei Enterprise yo‘nalishini hamkor sifatida tanlashgan.
Huawei Enterprise ko‘rgazma stendi - c21 va c31 7 Fira Gran Via zalida. Sohalarning raqamli transformatsiyalari haqidagi batafsil ma'lumotni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin:
http://carrier.huawei.com/en/evens/mwc2019/huawei-digital-transformation-of-industries-summit
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023