Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Liverpul” afsonasi futbol bo‘limlarini 20 daqiqagacha qisqartirishni taklif qildi
Foto: Instagram
“Liverpul” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jyeymi Rednapp futbolga muxlislarni yanada jalb qiluvchi ba'zi yangiliklar kiritishni taklif qildi.
“Agar futbolda 20 daqiqadan davom etuvchi 2 ta bo‘lim bo‘lganda, o‘yin umuman boshqacha tus olardi. Chunki hozir 90 daqiqa o‘ynay oladigan o‘yinchilar bunchalik ahamiyatli bo‘lmasdilar. Bunday holatda siz maydonda gol urishi kerak bo‘lgan tezkor futbolchilar bo‘lishini istagan bo‘lardingiz.
Shuningdek, o‘yinlar vaqtida musiqa qo‘shish ham mumkin. Mening farzandim mashq qilganda ba'zida musiqani yoqadi. O‘shanda siz farqni ko‘rasiz. Xuddi shuni “Chelsi” akademiyasidagi bolalar bilan amalga oshirishadi. Musiqa yoqilganda, bu haqiqatan ham ish bera boshlaydi. Bu ularga yoqadi”, deb aytgan Rednapp.
Rednapp faoliyati davomida “Liverpul”da 11 ta mavsum o‘tkazib, uning safida UYeFA kubogida (2001 yil) g‘olib bo‘lgan, Angliya terma jamoasi bilan birga esa 1996 yilgi Yevropa chempionati “bronza”sini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
22:51 / 04.04.2026
Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
16:56 / 03.04.2026
Eron futbolida nima gap?
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:28 / 28.03.2026