Statistika qo‘mitasi fevral oyida narxlar necha foizga oshganini ma'lum qildi
2019 yilning fevral oyida mamlakat iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,6%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8%ga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,0%, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,5%ga oshdi. Xizmatlar narxi esa 0,8%ga qimmatlashdi.
Oy davomidagi narxlar o‘zgarishining tuzilmasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yilning fevral oyida har bir yirik guruhning salmoq vaznlarini hisobga olgan holda ta'sir darajasi bo‘yicha ustunlik oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga taalluqli.
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida narxlar o‘rtacha 4,0%ga qimmatlashgan
Narxlarning qimmatlashishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni umumiy ovqatlanish muassasalari band etgan. O‘tgan ikki oy davomida narxlar ketma-ket 3,0%dan yuqori darajada oshib borgan (yanvarda 3,4%, fevralda 3,3%).
2019 yilning fevral oyida narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchi uchlikning so‘nggi pog‘onasini sut mahsulotlari egallagan bo‘lib, oy davomida narxlar o‘rtacha 3,2%ga qimmatlashgan.
Go‘sht mahsulotlari orasida kolbasa va dudlangan go‘sht narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan bo‘lsa, parranda go‘shti mahsulotlari esa aksincha, biroz arzonlashgan.
Shakar, choy, qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 1,7%ga ko‘tarildi.
Non mahsulotlari guruhidan yorma va dukkakli, makaron mahsulotlari narxlari oy davomida 2,4%, mosh 2,3%, guruch 1,9%, tandir non 0,5%, bug‘doy uni 0,4%ga qimmatlashgan.
Tuxum narxlarining arzonlashganligi mamlakatning beshta hududida qayd etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari). Respublika bo‘yicha narxlar o‘rtacha 0,2%ga arzonlashgan.
Nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida aloqa vositalari (9,5%), madaniy mollar (5,9%), asosiy turdagi maishiy tovarlar va elektr uskunalar (5,8%), yuvish va tozalash vositalari (5,7%), avtomobillar uchun ehtiyot qismlar (2,9%), oshxona jihozlari (2,2%), maishiy to‘qimachilik mahsulotlari (2,1%), kiyim-kechaklar (1,4%) va oyoq kiyim (1,0%) narxlarining qimmatlashganligi qayd etilgan
Oy davomida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari o‘rta hisobda 0,1%ga arzonlashdi. Benzin va metan narxlarning barqaror saqlanishi barobarida propan narxlari 1,0%ga arzonlashdi.
Oy davomida yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari o‘rtacha 0,2%ga oshgan.
2019 yilning yanvar-fevral oylari davomida dam olish xizmatlari (6,1%), 2018 yilning fevral oyiga nisbatan esa uy-joy kommunal sohasi xizmatlari (24,9%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.
Mavzuga oid
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024