Dunyodagi milliarderlar soni bir yil ichida 55 nafarga qisqardi – Forbes
Dunyoning dollar milliarderlari soni 2018 yil boshidan 55 nafarga qisqarib, hozirda 2153 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda AQShning Forbes nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, milliarderlar soni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, ayniqsa Xitoyda katta darajada qisqargan. 2019 yilda u yerda milliarderlar soni 49 nafarga kamaygan. Milliarderlarning soni ko‘paygan yagona davlatlar – AQSh va Braziliya bo‘ldi. Nashrning ta'kidlashicha, AQShda hozirda 609 milliarder bor, ulardan 14 nafari dunyoning eng badavlat kishilarining yigirmataligiga kiradi.
Barcha milliarderlarga tegishli umumiy boylik 8,7 trln dollarga baholangan, bu 2018 yildagidan 400 mlrd dollarga kamroqdir. 994 milliarderning boyligi kamaygan.
O‘tgan yildan beri yetakchi uchtalik o‘zgarishsiz qolgan: Amazon kompaniyasi rahbari Jyeff Bezos 131 mlrd dollar bilan 1-o‘rinni egallamoqda, uning ortidan Microsoft asoschisi Bill Geyts (96,5 mlrd dollar) va sarmoyachi Uorren Baffett (82,5 mlrd dollar) kelmoqda. 4-o‘rinni o‘tgan yildagidek Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyasi rahbari Bernar Arno (76 mlrd dollar) egallagan. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg 5-o‘rindan 8-o‘ringa tushib ketgan. Uning boyligi 62,3 mlrd dollarga baholangan.
Nashr dunyoning eng boy ayoli sifatida L'Oreal kompaniyasi merosxo‘ri Fransuaza Betankur Mayyersni e'tirof etgan. Ayolning boyligi 49,3 mlrd dollarga baholangan (umumiy reytinda 15-o‘rin). Uning ortidan Walmart korporatsiyasi asoschisi qizi Elis Uolton (45,3 mlrd dollar) va Mars qandolatchilik fabrikasi asoschisi nabirasi Jaklin Mars (23,9 mlrd dollar) kelmoqda.
Eng yosh milliarder deb 21 yoshli amerikalik model va tadbirkor Kayli Jyenner topilgan. Uning boyligi 1 mlrd dollarni tashkil qilgan (umumiy reytingda 2057-o‘rin).
Mavzuga oid
20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
20:06 / 14.08.2024
Putinga «yaqin» milliarder Shveytsariya banklaridan yuz millionlab dollar olib chiqib ketishga uringani ma’lum bo‘ldi
22:27 / 10.08.2024