Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatchilarni o‘qitishda bir qator institutsional va tashkiliy muammolar mavjud
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
2018—2019 o‘quv yilining birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur tadbir mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida olib borildi. Yig‘ilishda Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi ofitserlari, barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarining boshliqlari, ularning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kafedra va sikl boshliqlari, professor-o‘qituvchilar qatnashdi.
Tadbir davomida harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyaning 2018—2019 o‘quv yili birinchi yarim yilligi davridagi tahlili, o‘quv jarayonidagi tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Jumladan, yig‘ilish davomida harbiy xizmatchilarni o‘qitish, ularga ta'lim berish, professional jihatdan qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogik va ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, shuningdek, joylarda ta'lim sifatini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator institutsional va tashkiliy muammolar mavjudligi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, ma'ruzachilar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, tayyorlanayotgan harbiy kadrlarni har tomonlama yetuk, yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, dunyoqarashi va fikrlash doirasi keng mutaxassislarni hamda yuqori professional o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha bir qancha taklif va tavsiyalar taqdim qilindi.
Tadbir yakunida Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farhod Shermatov tomonidan ushbu tadbirni har 6 oyda o‘tkazish taklifi ilgari surildi va ushbu taklif anjuman qatnashchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
22:37 / 07.02.2026
Yangi avlodning aqliy salohiyati ota-onalarinikidan past – neyrobiolog
13:53 / 07.02.2026
O‘zbekistonliklar ta’limga 39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
11:27 / 31.01.2026