23:40 / 07.03.2019
30984

Eng arzon va eng qimmat mobil internetga ega davlatlar ma'lum qilindi 

Britaniyaning Cable.co.uk tadqiqot kompaniyasi dunyoning 230 mamlakatidagi mobil internet narxi haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib, 1 gigabayt mobil trafikning o‘rtacha narxi reytingini tuzdi. Kompaniya 2018 yil 23 oktyabrdan 28 noyabrgacha bo‘lgan davr ichidagi  ma'lumotlarni hisobga olgan. Quyida eng arzon va eng qimmat mobil internetga ega davlatlar beshtaligi keltirilgan.    

Eng qimmat mobil internet

1-o‘rin – Zimbabve
1 Gb trafik narxi – 75,20 dollar

2-o‘rin – Ekvatorial Gvineya
1 Gb trafik narxi – 65,83 dollar

3-o‘rin – Muqaddas Yelena oroli
1 Gb trafik narxi –55,47 dollar

4-o‘rin – Folklend orollari
1 Gb trafik narxi – 47,39 dollar

5-o‘rin – Jibuti
1 Gb trafik narxi – 37,92 dollar

Eng arzon mobil internet

1-o‘rin – Hindiston 
1 Gb trafik narxi – 0,26 dollar

2-o‘rin – Qirg‘iziston 
1 Gb trafik narxi – 0,27 dollar

3-o‘rin – Qozog‘iston 
1 Gb trafik narxi – 0,49 dollar  

4-o‘rin – Ukraina
1 Gb trafik narxi – 0,51 dollar

5-o‘rin – Ruanda
1 Gb trafik narxi – 0,56 dollar

O‘zbekiston 1 Gb mobil trafikning o‘rtacha narxi 3,27 dollar bilan ro‘yxatda 69-o‘rinni egallagan. 

Top