Samarqand aeroportida O‘zbekiston hududiga dronlar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi

Samarqand xalqaro aeroportida noqonuniy yo‘llar bilan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparatlarini O‘zbekistonga olib kirishga bo‘lgan urinish to‘xtatildi.
«Istanbul-Samarqand» yo‘nalishida Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan shaxs «yashil yo‘lak»dan harakatlanayotganda bojxonachilar uni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazishdi. Natijada unga tegishli bo‘lgan yuk sumkasida xorijda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati yashirilgani fosh etildi. Ushbu shaxs shu tariqa o‘zining qing‘ir rejasini amalga oshirishga uringan ekan», deyiladi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, aynan shu yo‘nalishda parvozni yakunlab, yashil yo‘lakdan harakatlanyotgan yana bir fuqaroning sumkasi nazoratdan o‘tkazilganda xuddi shunday rusumli uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 322-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan noqonuniy foydalanish taqiqlangan.
Biroz avvalroq, Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
-
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV
O‘zbekiston | 16:53
-
“Yaponiyada birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi” – yapon biznesini boshqarayotgan o‘zbek ayoli
O‘zbekiston | 16:50
Mavzuga oid

15:03
Kiyev Rossiya strategik aviatsiyasining 34 foizi zarar ko‘rganini ma’lum qildi

12:36
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

08:51
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi

14:11 / 30.05.2025