28 fevral kuni öz işini boşlagan Senat XVIII yalpi majlisida 3ta qonun hujjatiga ya'ni amaldagi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan qonun körib çiqildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Qonun bilan mamlakat havo hududidan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida noqonuniy foydalaniş uçun jinoiy javobgarlikka tortiş közda tutilgan. Ya'ni, yangi normaga köra, uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş jinoiy javobgarlikka asos böladi», - deydi ma'ruzaçi senator Islomiddin Abrorov.

Uning ta'kidlaşiça, bunday tartibni belgilaş zarurati, eng avvalo, jamiyatda hayot va soğliqqa hamda davlat tuzumiga qarşi huquqqa xilof harakatlarni sodir etiş tahdidlarining mavjudligi bilan boğliqdir.

5 moddadan iborat qonunga köra, Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etiş, ya'ni 244-4 modda – Uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek 248-1-modda – Uçuvçisiz uçadigan apparatlarni saqlaş va ulardan foydalaniş tartibini buziş holatlari yuzasidan suriştiruv va dastlabki tergov ötkaziş qismi içki işlar organlariga, şuningdek Jinoyat kodeksi 244-4-moddasining birinçi qismida nazarda tutilgan uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş qismi bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş bilan boğliq bölganligi uçun uning suriştiruvi Özbekiston Respublikasining Davlat bojxona qömitasi va uning joylardagi hududiy bölinmalariga yuklatilgan.

«Uşbu normaning hayotga tatbiq qilinişi samarali tergov qiliş va sifatli suriştiruv tadbirlarini amalga oşirişga xizmat qiladi», - deb qöşimça qilgan senator.

Drondan foydalaniş huquqini qölga kiritiş uçun nimalar talab etiladi?