Jamiyat | 11:00 / 08.03.2019
10841
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel kompaniyasi Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlaydi

Foto: Artel

Artel kompaniyasi barcha go‘zal va dilbar opa-singillarimizni, onajonlarimizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan qutlaydi.

Munis ayollar, dilbar qizlar! Artel kompaniyasi barchangizga tuganmas baxt-saodat, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin, hayotingiz esa yoqimli lahzalarga to‘la bo‘lsin.

Foto: Artel

Azaldan shoirlarimiz ayollarni mehr-shafqat, sadoqat, go‘zallik va nafosat timsoli deb atashgan. “Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor”,- deydi o‘zbek adiblari. Haqiqatdan ham, aytish lozimki, aynan ayollar har qanday davlatning, xalqning ijtimoiy barkamolligini belgilab turuvchi asosiy omil,baxtli jamiyatning asosi va poydevoridir.

Ayollarni qutlash, e'zozlash, hurmat qilish o‘zbekistonliklar uchun ulkan baxt va oliy sharaf.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlab o‘tganidek: «Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e'zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Foto: Artel

Muxtaram ayollar, Artel maishiy texnikasi xonadoningizda qulaylik va shinamlik yaratayotganidan benihoyat mamnunmiz. Aynan Siz bizni yanada qulay, sifatli va uy ishlarida ishonchli maishiy texnika ishlab chiqarishga ilhomlantirasiz.

Artel kompaniyasi barchangizni go‘zallik va nafosat ayyomi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan qutlaydi va Sizga uzoq umr, sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, xonadoningizga fayz-baraka tilaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid