Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada dunyodagi eng yirik GESlardan birida qo‘poruvchilik sodir etildi
Venesuelaning milliy elektr energiya korporatsiyasi “El-Guri” gidroelektrostansiyasida qo‘poruvchilik sodir etilganini ma'lum qildi.
“El-Guri”da qo‘poruvchilik sodir etildi. Bu davlatga qarshi elektr urushning bir qismidir. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Elektr ta'minotini tiklash ustida ishlamoqdamiz”, deb ma'lum qilgan korporatsiya tvitterda.
GESda yuz bergan voqea tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
2016 yil yanvarda Bolivar shtatida joylashgan “El-Guri” dunyoda yirikligi bo‘yicha 4-raqamli stansiya hisoblangan.
Shuningdek, Venesuelaning 23 shtatidan 21 shtatida, jumladan poytaxt Karakasda elektr ta'minoti ommaviy uzilgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, Karakasda elektr ta'minotidagi uzilishlar sababli metropoliten yo‘nalishlari to‘xtatilgan va mobil aloqada uzilishlar kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
18:50 / 29.04.2026