Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriyaga qarshi iqtisodiy urush olib borilayotgaini aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad 10 mart kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Syaodunni qabul qildi va Suriyaga qarshi urush asosan iqtisodiy sanksiyalar va qamal shaklida olib borilayotganini aytdi.
“Suriyaga qarshi urush yangi shakllar ola boshladi, ularning negizini qamal va iqtisodiy urush tashkil etadi. Xalqaro siyosat vositalari bugungi kunda o‘zgargan: avval muloqot yordamida hal qilingan ziddiyatlar endilikda boshqa yo‘llar bilan hal qilinmoqda. Boshqa usullar – boykot, elchilarning ortga chaqirtirilishi, iqtisodiy blokada, terrorchilikni qo‘llash”, deb aytgan Asad xitoylik diplomat va uning boshchiligidagi delegatsiya bilan suhbatda.
Asadning aytishicha, terrorchilik tobora ko‘proq hududni qamrab olmoqda, ekstremistik g‘oyalar masofaga qaramay butun dunyo bo‘ylab tarqamoqda. Suriya yetakchisining ta'kidlashicha, terrorchilikka qarshi kurash nafaqat harbiy jihatdan olib borilmoqda, bundan ham muhimi jangarilar mafkurasiga qarshi kurash hisoblanadi.
“Terrorchilikka qarshi kurash oxir natijada siyosiy yechimga olib keladi. Terrorchilik tarqalgan bir paytda siyosiy yechimlar haqidagi barcha gaplar xato va puch xayol hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Asad.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026