Jahon | 12:23 / 11.03.2019
5562
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi parlament saylovlari insoniyat tarixidagi eng yirigi bo‘ladi

Foto: EPA

Hindistonda parlament saylovlari o‘tkazilishi e'lon qilindi. Bu saylovlarda 900 mlnga yaqin kishi ovoz beradi. Shu sababli ushbu saylovlar insoniyat tarixidagi eng ommaviysi bo‘ladi. 

Mamlakat saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistondagi saylovlar aprel oyidan may oyigacha 7 ta bosqichda o‘tadi. Jumladan, yangi Lok-Sabxa – parlamentning quyi palatasiga saylovlar 11 apreldan 19 maygacha davom etadi. Ovozlar 23 may kuni hisoblab chiqilishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, quyi palatada 543 ta o‘rin bo‘lib, har qanday partiya yoki koalitsiya hukumatni shakllantirishi uchun kamida 272 ta mandatni qo‘lga kiritishi lozim. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid