Jahon | 08:14 / 11.03.2019
3065
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp mudofaaga aloqador bo‘lmagan xarajatlarni 5 foizga kamaytirmoqchi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdan mudofaa bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni 5 foizga kamaytirish haqida so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu haqda 2020 moliyaviy yil uchun Trampning budjet so‘rovida so‘z yuritiladi.

Qayd etilishicha, Tramp, shuningdek, ichki xavfsizlik va chegaralar himoyasi uchun xarajatlarni oshirish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti ba'zi dasturlarni yopish niyatida.

Bundan oldin, Tramp harbiy xarajatlarni 750 mlrd dollarga yetkazmoqchi ekani xabar qilingandi.

Oq uy 11 mart kuni joylashtiradigan budjet so‘roviga ko‘ra, Pentagonning asosiy xarajatlariga 576 milliard dollar ajratilishi mumkin, qolgan qismi esa xorijdagi amaliyotlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlarga ketadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid