Jamiyat | 08:20 / 12.03.2019
6798
4 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona energetiklari mahalliylashtirish loyihalarini yo‘lga qo‘yib, katta samaraga erishmoqda

Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 2019 yil davomida aholi, sanoat hududlari va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash, tarmoqlarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish bilan birgalikda ko‘plab yangi qurilish ishlarini rejali ravishda olib bormoqda.

Korxona ayniqsa, sarf-xarajat va mablag‘larni tejash, qo‘shimcha ishchi kuchi yaratish maqsadida bir qator mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirayotganini alohida ta'kidlash lozim.

Sohada keng foydalaniladigan materiallarni o‘z sexlarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish esa o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi. Buning uchun chuqur izlanish va mashaqqatli mehnat zarur.

Temir-beton tayanchlarini ishlab chiqarish sexi

Ayni payt Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari jamiyati qoshida, temir-beton tayanchlarini ishlab chiqarish sexi tashkil qilinib, mazkur sexda 7 nafar ishchi xodim xizmat qilmoqda. Maskanda kuniga SV-95, SV -110 markasidagi 12-dona temir-beton tayanchlar ishlab chiqarilyapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, SV-95 tannarxi 453558 so‘mni, SV -110 tannarxi esa 546 203 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu tayanchlar boshqa korxonalardan sotib olinganda o‘rtacha 680 - 890 ming so‘mgacha sarflanar edi.

Bunda, jamiyatning yillik ehtiyoji 16000 dan oshiq temir-beton tayanchlarni tashkil qilinishi hisobga olinsa, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi korxonaga 5 mlrd. so‘mdan ziyod iqtisodiy daromad olib kelayotir.

Hozirgi kunda ushbu tayanchlardan iste'molchilarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha №256 sonli qaror ijrosini ta'minlash hamda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” davlat dasturlarini bajarilishi yuzasidan foydalanilmoqda. Kelgusida ushbu sexni kengaytirib kunlik ishlab chiqarish hajmini 36-donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Elektr uskunalari ishlab chiqarish va ta'mirlash sexlari

Farg‘ona bo‘limida tashkil etilgan sexda OG-1, OG-2, M-1, M-3 va SIP-XOMUD markasidagi temir qurilmalar tayyorlanmoqda. Zamonaviy tokarlik dastgohlari tomonidan tayyorlanayotgan temir qurilmalarga bo‘lgan yillik ehtiyoj 25000 donaligi hisobga olinadigan bo‘lsa, korxona 2 mlrd. so‘m atrofida mablag‘ iqtisod qilib, o‘z moliyaviy faoliyatiga ijobiy samara olib kiryapti.

Korxona qoshida elektr uskunalarini ta'mirlash sexlari tashkil qilingan.Ushbu sexlarda jami 28 nafar ishchi xodim faoliyat yuritadi. Shoxobchalarda barcha turdagi elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadigan uskunalar ta'mirlanadi.

Bundan tashqari ishchi xodimlar uchun maxsus kiyim-bosh tikuvchi 6 nafar ishchidan iborat mini sex ham tashkil qilingan. Mazkur sexda yillik ehtiyojga loyiq korjomalar tikiladi.

Korxonaning 2019 yilgi vazifalari

Jamiyat joriy yilda “Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” Dasturi doirasida jami 916,0 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 243 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Bu maqsad uchun sarflanadigan mablag‘ 78,2 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Farg‘ona viloyatida «Obod qishloq» dasturi doirasida 117,5 km uzunlikda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 60 dona transformator punktlarida modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va yangi qurilish ishlari hamda 348,8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 184 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlanadi.

Iste'molchilarning elektr energiya ta'minotini yanada yaxshilash uchun 753,8 km elektr uzatish tarmoqlari, 245 dona transformator punktlari hamda 2 dona 35-110 kVli kuch transformatorlarini mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan.

Elmurod Ermatov, Farg‘ona

Mavzuga oid