O‘zbekiston | 21:45 / 12.03.2019
2365
1 daqiqa o‘qiladi

MITT-2019: O‘zbekiston Moskvadagi yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

12 martdan 14 martga qadar Moskva shahridagi "Ekspomarkaz"da o‘tayotgan MITT-2019 yirik xalqaro turistik ko‘rgazmasida O‘zbekiston yagona milliy stendi ham namoyish etilmoqda, deya xabar beradi uzbekistan.travel.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK va mamlakatning yetti turistik tashkiloti vakillari o‘rin olgan.

MITT-2019 doirasida MITT Digital va Travel Trends konferensiyalari, Market Shocks yalpi muhokamalari, "Turizm oilaviy biznes sifatida" tok-shousi va ko‘plab boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Joriy yilda ko‘rgazma ishida 230 mamlakat vakillari ishtirok etishmoqda. MITT – turizm bo‘yicha ham MDH, ham xorijiy mamlakatlardagi eng yirik hodisa.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid