Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya kompaniyasi O‘zbekistonda vagonlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda Shveytsariyaning «Stadler» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vagonsozlik yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, O‘zbekistonda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish hududini tashkil etish, Markaziy Osiyo bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator istiqbolli loyihalar muhokamasi bo‘ldi.
Tadbirda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan «Stadler» kompaniyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarini sanoat korxonalarida joriy etish, elektrovozning asosiy tortish tizimi, butlovchi qismlarini mamlakatga yetkazib berish borasida takliflar bildirildi.

Bildirilishicha, yig‘ilishda Shveytsariyada tayyorlangan zamonaviy metro poyezdlari va elektrichkalar harakatini O‘zbekistonda joriy etish borasida ham so‘z borgan.
Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga ham erishildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026
Shveytsariyada vokzalda hujum: uch kishi yaralandi
21:07 / 28.05.2026