Jamiyat | 23:30 / 13.03.2019
3804
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada o‘smir va uning sherigi maktabda otishma sodir etishi qurbonlarga olib keldi

Braziliyaning San Paulu shahridagi maktabda sodir etilgan otishmada 8 kishi, jumladan 6 o‘quvchi va yana ikki yoshi katta kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Folha de S.Paulo mahalliy nashri ma'lum qildi. Yana 15 kishi yaralangan.

Otishmani maktabning sobiq o‘quvchisi 17 yoshli Gilerme Monteyro va uning sherigi 25 yoshli Enrike de Kastro amalga oshirgan. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, kapyushonlarda bo‘lgan jinoyatchilar otishmani sodir etgach, o‘z joniga qasd qilgan. Ularning jinoyati sababi hozircha noma'lum.   

Otishma soat 9:30 atrofida yuz bergan. Xavfsizlik kuchlari voqea joyida 38-kalibrdagi to‘pponcha, “Molotov kokteyli”, pichoq, kamon va unga o‘qlar topishgan. Maktabga sapyorlar chaqirtirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid