Qozog‘iston-O‘zbekiston neft quvurlari qurilishi bo‘yicha kelishuv sharti qanday bo‘lgan?
Jizzaxdagi neftni qayta ishlash zavodi to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, Qozog‘istonda O‘zbekiston tomonga qurilishi rejalashtirilgan neft tashish quvurlari kimning hisobi va qay shartlar bilan barpo etilishi ma'lum qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri o‘rinbosari Bolat Aqcho‘loqov QR Senati Iqtisodiy, siyosiy, innovatsion rivojlanish va tadbirkorlik masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida gapirib o‘tgan.
«Agar Jizzaxdagi neftni qayta ishlash zavodi qurib bitkazilsa, O‘zbekistonga 5 million tonna neft yetkazib berish imkonini beruvchi quvurlar tarmog‘ini barpo etamiz. Loyihaning ishchi nomi «Shimkent-Jizzax» deb nomlanadi», — deydi Bolat Aqcho‘loqov.
Vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, mazkur masalada hech qanday loyihalash ishlari amalga oshirilmagan.
«Biz faqat texnik muzokalarni o‘tkazganmiz va tomonlar O‘zbekistondagi Jizzax neftni qayta ishlash zavodi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishini kutyapmiz. Mazkur quvur tarmoqlari jalb etiladigan zayom vositalari asosida qurilishi kutilmoqda. Ularning qaytarilishini ta'minlash uchun O‘zbekiston tomonidan qat'iy «yukla va to‘la» tamoyili asosida ish olib borishi so‘raladi.
Ya'ni bizdan neft xarid qilinmagan taqdirda ham, ular zayomni qaytarish uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lovni qilishi zarur. Bu klassik sxema va ular bunga rozi bo‘lishdi. Shunchaki, ular zavodning qurilishi bo‘yicha qaror qabul qilmadi», — deya vaziyatdan xabardor etgan u.
Avvalroq, O‘zbekiston Qozog‘istonning 5 million tonna neftini sotib olishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024