Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Eron tashqi ishlar vaziri yordamchisi bilan muzokaralar o‘tkazildi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri yordamchisi, Yevrosiyo bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomrizo Boqeriy bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda mintaqadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Uchrashuvda 2019 yilda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish jadvali borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Mozori-Sharif – Hirot yo‘nalishidagi transafg‘on temir yo‘l liniyasini qurish yuzasidan fikr almashilgan.
Uchrashuvda Eron elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ishtirok etdi.
Mavzuga oid
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
17:15 / 14.05.2026
AQSh yillar davomida Eronning bulutlarini o‘g‘irlab kelganmi?
12:57 / 13.05.2026
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52 / 13.05.2026