Kun.uz tahririyati ixtiyoriga Andijon viloyat hokimining birinçi örinbosari A.Egamberdiyev tomonidan imzolangan, kun tartibi Andijon viloyatida «Navröz» umumxalq bayrami tadbirlari va sayillarini kötarinki ruhda ötkaziş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi yiğiliş bayoni kelib tuşdi.

Mazkur qarorning 6-bandi alohida e'tiborga loyiq. Unda Andijon viloyatida «Navröz» umumxalq bayramini kötarinki ruhda ötkaziş maqsadida biriktirilgan homiy taşkilotlarning röyxati keltirilgan.

Viloyat hokimining birinçi örinbosari A.Egamberdiyevga ilova bilan tasdiqlangan röyxat asosida homiylar tomonidan ikki kun muddatda viloyat madaniyat boşqarmasi hisob raqamiga belgilangan mablağlarning tuşirilişini nazoratga oliş vazifasi topşirilmoqda.

Röyxat asosida Andijon viloyatidagi yirik işlab çiqariş korxonalari va banklarga 10 million sömdan 100 mln sömgaça «ölpon» solingan. Buni ÖLPON deb ataşga har qança haqqimiz bor. Çunki homiylik yordami heç qaçon muddat bilan nazoratga olinmaydi va u ixtiyoriylik asosida körsatiladi.

Eng katta ölpon «GM-Uzbekistan» YoAJga solinmoqda — 100 million söm. Banklarning 10 million sömdan 50 million sömgaça homiylik yordami körsatişi nazorat qilinmoqda. Eng qiziği, nafaqat davlat banklari, balki xususiy banklarga ham ölpon solinmoqda.

Körsatiladigan jami «homiylik» mablağlari 1 mlrd 414 mln sömni taşkil etadi. Lekin bu pullar aynan qanday tasarruf etilişiga oydinlik kiritilmagan.

Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 241-4-moddasi (Tadbirkorlik sub'yektlarini homiylikka va boşqa tadbirlarga majburiy jalb etiş)ga köra nazorat qiluvçi, huquqni muhofaza qiluvçi hamda boşqa davlat organining va davlat taşkilotining mansabdor şaxsi yoki xizmatçisi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini pul mablağlari hamda boşqa moddiy qimmatliklarni ajratiş bilan boğliq homiylikka va boşqa tadbirlarga majburiy jalb etiş — eng kam iş haqining 20 baravaridan 40 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.