Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning Tenge Bank’i Toshkentda qachon ish boshlashi ma'lum bo‘ldi
Foto: Xabar 24
2019 yil aprel oyida Qozog‘istonning Xalq banki O‘zbekistonda filial ochish uchun litsenziya olishni rejalashtirmoqda. Ushbu rejalar 2018 yilda Qozog‘iston fond birjasi tomonidan e'lon qilingandi. Bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova Olmaotada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida batafsil ma'lumot berdi.
«Aprel oyida O‘zbekistonda bankimizni ochish uchun to‘liq litsenziya kutmoqdamiz. Filialni joylashtirish uchun bino hozirda tanlangan. Bu bizning bank ishlaydigan oltinchi mamlakat bo‘ladi. U yerda ehtimoliy mamlakatlararo oqimlarni ko‘rmoqdamiz. Avval biz yuridik shaxslar uchun xizmatlarni taqdim etamiz, jismoniy shaxslar uchun esa xizmatlar yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan», - dedi Umut Shayaxmetova.
Shundan so‘ng, Xalq banki O‘zbekistonda o‘z filialiga ega bo‘lgan Qozog‘istonning birinchi bankiga aylanadi. U hozir Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya, Tojikiston va Qozog‘istonda ishlaydi. Bank taxminan 10 million mijozga xizmat ko‘rsatadi. Ularning 7,2 millioni bir nechta bank mahsulotidan foydalanadi.
O‘zbekistondagi sho‘'ba korxona Tenge Bank deb ataladi.
Mavzuga oid
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025
Toshkentda giyohvand moddalar savdosi uchun tashkil etilgan Telegram-bot fosh etildi
11:07 / 25.12.2025