Rossiya Yevroittifoq yangi sanksiyalariga javob berish bilan tahdid qildi
Moskva Kerch bo‘g‘ozidagi voqea tufayli Yevroittifoq tomonidan Rossiya fuqarolariga nisbatan joriy etilgan yangi sanksiyalarni javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda 16 mart, shanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.
«YeIning noqonuniy sanksiyalar ro‘yxatiga vatandoshlarimizni kiritish uchun bahonasi o‘zining ikkiyuzlamachiligi va surbetligi bilan hayratga soladi», - deya ma'lum qilishgan tashqi siyosat idorasidan. Qayd etilishicha, bunday qaror Rossiyaning o‘z chegaralarini ta'minlash bo‘yicha huquqi hurmat qilinmasligidan dalolat beradi.
Shuningdek, vazirlikdan ta'kidlanishicha, Yevroittifoq shu tariqa Ukraina rasmiylari bilan birdam ekanini ko‘rsatmoqda hamda ularni nafaqat Rossiya, balki Qora dengiz mintaqasidagi boshqa davlatlar xavfsizligiga tahdid soluvchi «provokatsion siyosatni» davom ettirishga undamoqda.
15 mart kuni Yevroittifoq davlatlari Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli rossiyalik sakkiz nafar shaxsga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi. Bundan oldin, AQSh va Kanada Ukraina sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgandi.
Kanada tashqi ishlar vazirligi Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalarining ushlanishi va Qrim sababli Rossiyaning 114 fuqarosi va 15 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Shuningdek, AQSh moliya vazirligi Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni kengaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni «uch qismli zarba» deb atagandi.
Mavzuga oid
08:35 / 12.11.2024
Yevroittifoq Rossiyaning soyadagi flotiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
21:49 / 31.10.2024
Yevroittifoq Xitoyning Temu internet-do‘konini jarimaga tortmoqchi
12:03 / 31.10.2024