Yaponiyalik rejissyorning O‘zbekistonda tasvirga olgan filmi premerasi iyun oyida bo‘lib o‘tadi
![](https://storage.kun.uz/source/4/o0cUcylcLsDxrn0-gJPWQMBCaeUt1s0_.jpg)
Yaponiyalik taniqli rejissyor Kiyosi Kurosavaning O‘zbekistonda tasvirga olgan filmi premerasi 2019 yilning 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook sahifasida ma'lum qilindi.
"Yer chekkasi tomon" deya nomlangan ushbu filmdagi rollarni yapon va o‘zbek aktyorlari ijro etishgan. Film tokiolik prodyuserlar Eyko Mizuno-Grey va Jyeyson Grey, Tosikadzu Nishigaya, shuningdek "O‘zbekkino" agentligi bilan hamkorlikda suratga olingan.
Kiyosi Kurosavaning o‘zi film haqida shunday degan: "O‘nlab yillar mobaynida temuriylar sulolasi meni o‘ziga maftun qilib kelardi. Bugun Yerning ayni shu nuqtasida O‘zbekiston davlati joylashgan. Endi men Buyuk Ipak yo‘lining o‘rtasida film suratga olyapman va uning mavzusi shaxsan o‘zim uchun qiziqligidan juda xursandman".
Videorelizi taqdim etilgan mazkur film O‘zbekiston-Yaponiya diplomatik aloqalarining 25 yilligi va Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qisman yapon askarlari tomonidan qurilgan Toshkentdagi Alisher Navoiy teatrining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ma'lumot uchun: Kiyosi Kurosava — mustaqil kinorejissyor, ssenariynavis, aktyor, yozuvchi, kinotanqidchi. U triller, detektiv, drama va horror janrlarida faoliyat yuritadi. Kurosava 50 ga yaqin film muallifidir. Kiyosi Kurosava - Kann festivali va Osiyo kinoakademiyasining qator mukofotlari egasi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?
Iqtisodiyot | 12:05 / 16.02.2025
G‘azoni yegani bo‘rilar keldi. Musulmon dunyosi qani?
Jahon | 17:47 / 15.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
O‘zbekiston | 09:20
-
Tramp, Putin va NATOga muqobil: Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
Jahon | 09:10
-
Yevropa Ukrainada tinchlik shartnomasisiz o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi
Jahon | 08:59
-
Kuvayt O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 08:39
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/nhoZ2gUi35wHVJfl61oUpdSmj9P_RzRT_medium.jpg)
07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/BlHb4zsojuFFa1FH0FM336T5Sx91jDUX_medium.jpg)
12:54 / 16.05.2023
"Telegram"da fuqarolar sha’nini kamsituvchi videolar joylashtirgan guruh qo‘lga olindi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/Kw7GTjiLxWI_xAjeaSYeoRx7h_JiOiUb_medium.jpg)
07:57 / 11.04.2023
Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/xMaKdD-ISwjAY8tBZx445RaiWWcC2CKn_medium.jpg)
11:07 / 27.02.2023