Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing ortiqcha shov-shuvsiz dunyodagi eng uzun yo‘lovchi samolyoti taqdimotini o‘tkazdi
Foto: Sam Chui/twitter
Boeing kompaniyasi dunyodagi eng uzun yo‘lovchi samolyoti hisoblanuvchi yangi keng fyuzelyajli 777X modeli taqdimotini o‘tkazdi. Efiopiyadagi aviahalokatdan keyin taqdimotni ortiqcha shov-shuvsiz o‘tkazishga qaror qilingandi va shu sababli unga kichik doiradagi shaxslar taklif qilingan.
Tadbir 13 mart kuni Vashington shtatidagi Everett shahrida joylashgan zavodda bo‘lib o‘tgan. Samolyot faqatgina kompaniya xodimlarigagina namoyish qilingan.
Ma'lum qilinishicha, yangi samolyotning uzunligi 77 metrni, qanotlari qulochi 72 metrni tashkil qiladi. Yangi samolyotning ilk sinov parvozi shu bahorda bo‘lib o‘tadi.
Boeing ushbu samolyotni 2010 yildan beri loyihalab keladi. Samolyot ikkita versiyaga – 777−8 va 777−9’ga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Variantiga ko‘ra samolyot uzunligi 69,8 metrdan 76,7 metrgachani, qanotlari qulochi esa 71,8 metrni tashkil qiladi. Ushbu samolyot qanoti yig‘iluvchi ilk yo‘lovchi samolyot bo‘lishi kutilmoqda.
Samolyotning maksimal parvoz og‘irligi 351 tonna tashkil qiladi. Samolyotning versiyalariga ko‘ra, unda 350 dan 425 gacha yo‘lovchi tashish mumkin bo‘ladi. Samolyot qo‘nishlarsiz 16 ming kilometrgacha ucha oladi.
Avvalroq Boeing Efiopiyadagi aviahalokat sababli yangi samolyoti taqdimotini bekor qilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:17 / 20.10.2025
Hongkongda Boeing uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi
09:02 / 23.09.2025
O‘zbekiston Boeing bilan sheriklikni kengaytiradi
08:26 / 23.09.2025
Uzbekistan Airways 8 mlrd dollarga 22 ta Boeing Dreamliner'ni xarid qiladi
21:52 / 04.07.2025