Jahon | 15:29 / 17.03.2019
7070
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya 400 km radiusda harakatlanuvchi raketa yaratmoqda

Foto: REUTERS

​Yaponiya Mudofaa vazirligi 400 km radiusda harakatlana oladigan qanotli raketa ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda xabar tarqatgan Yomiuri nashri manbasi qanotli raketalarni tayyorlash mamlakat 2018 yil qabul qilgan yangi tahrirdagi mudofaa rejasida nazarda tutilganini ta'kidlagan. 

Ma'lum qilinishicha, raketalar 2017 yili ishlanmalari tugagan ASM3​ raketalari negizida paydo bo‘ladi. ASM3​'ning tezligi 3 Maxa soatiga teng bo‘lishi, harakatlanish radiusi 200 km ekanligi aytilmoqda. Ammo qo‘shni Xitoydagi mudofaa salohiyatining oshib borishi bilan bu raketalarning samaradorligiga shubha paydo bo‘lgan. 

Yaponiya dekabrda mamlakatning milliy mudofaa salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha 2029 yilga mo‘ljallangan dasturni qabul qilgandi. Dasturning birinchi besh yilligida hukumat harbiy xarajatlar uchun 234 milliard dollar sarflashni ko‘zda tutadi. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan yapon harbiylari tarixida ilk marta aviatashuvchi ham qurilishi mumkin.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid