Jamiyat | 11:00 / 18.03.2019
15939
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel bilan yoz fasli salqin va mayin o‘tadi

Yangi Artel konditsioner va sovutgichlari, hatto, eng jazirama issiqda ham sizga salqinlik va mayinlik baxsh etadi

Artel kompaniyasi konditsioner va sovutgichlarning yangi modellarini taqdim etdi. Yuqori funksionallikka ega bo‘lgan yangi konditsioner va sovutgichlar eng zamonaviy chet el texnologiyalariga ega, ulardan foydalanish esa yanada qulay va oson.

Sovutgichlar

Yangi Artel sovutgichlariga bir qator yangiliklar kiritilgan. Jumladan, yangi sovutgichlarda zamonaviy Full No Frost sovitish tizimi mavjud. Ushbu tizimda mahsulotlar sovutgich kamerasida muntazam sirkulyatsiya qiluvchi muzdek havo yordamida sovutiladi. Full No Frost tizimining oddiy sovutgichlarga qaraganda ustunligi shundaki, ushbu tizimda ishlovchi yangi sovutgichlarning ham ustki, ham pastki sovitish kameralari bir xil haroratga ega.

Aytish joizki, yangi Artel sovutgichlari A+ klassiga tegishli bo‘lib, yuqori energiya samaradorligiga ega. Sovutgichlarda o‘rnatilgan kompressorlar esa dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri deb tan olingan Embraco korxonasida ishlab chiqarilgan.

Embraco kompressorlari o‘zga kompressorlarga qaraganda bir qator ustunliklarga ega:

  • Yuqori energiya samaradorligi;
  • Shovqinsiz ishlash;
  • Yuqori mehnat unumdorligi;
  • Yuqori sifat;
  • Barcha sifat standartlariga muvofiqligi.

Artel sovutgichlarining yana bir yangiliklaridan biri – bu maxsus salqin zona. Salqin zonada havo harorati va namligi mahsulotlar uchun optimal bo‘lgan 0 darajada muntazam saqlanib turadi va shu tarzda ushbu zonaga joylashtirilgan sabzavot va ko‘katlarning barra holda saqlanib qolish muddati yanada uzayadi.

Yangi Artel sovutgichlari, hatto, 187 V kabi o‘ta past elektr toki kuchlanishida ham bemalol ishlay oladi. Bundan tashqari,sovutgichlarga kompressorning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida, elektr toki kuchlanishining keskin o‘zgarishidan himoyalovchi maxsus uskuna o‘rnatilgan.

Konditsionerlar

Artel kompaniyasi quvvat markirovkasi 09, 12 va 18 bo‘lgan konditsionerlarning yangi modellarini ishlab chiqdi. Yangi Artel konditsionerlariga zamonaviy, dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli ehtiyot qismlari o‘rnatilgan.

Yangi konditsionerlarda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan kompressorlar hamda zamonaviy elektronika o‘rnatilganligi sababli, konditsionerlarning elektr energiya sarflash miqdori yanada past, konditsionerlarning ishlash jarayoni esa deyarli butunlay shovqinsiz.

Aytish joizki, yangi Artel konditsionerlari O‘rta Osiyoning issiq iqlimiga moslashtirib ishlangan va -15 daraja sovuqdan +52 daraja issiqqacha bemalol ishlay oladi. Ushbu konditsionerlarning yana bir ustunligi – ular 150 V kabi o‘ta past elektr kuchlanishida ham faoliyat ko‘rsata oladi.

Yangi konditsionerlar iste'molchilarning talablari va qulayligini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan. Jumladan, yangi konditsionerlarda gorizontal va vertikal jalyuzilarni pult yordamida avtomatik holda masofadan boshqarish imkoniyati hamda konditsioner nosozliklarini avtomatik aniqlash xususiyati mavjud.

Yangi konditsionerlarning muhim ustunliklaridan biri – bu havoga antibakterial ta'sir ko‘rsatuvchi maxsus havo ionizatori. Havo ionizatsiyasi inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Yangi konditsionerlar ion zarralarini ishlab chiqargani sababli havo turli bakteriyalar va sporalardan, yoqimsiz hidlar va tamaki tutunidan tezlik bilan tozalanadi.

Yangi Artel konditsionerlarida “I feel”hamda “I clean” nomli funksiyalar mavjud.

“I feel” funksiyasi yordamida konditsioner boshqaruv pultiga o‘rnatilgan maxsus datchik orqali havo haroratini aniqlaydi.

Yangi funksiya yordamida Artel konditsioneri avtomatik holda Sizga ma'qul bo‘lgan haroratni o‘zi tanlaydi.

“I clean” funksiyasi ichki blokning issiqlik almashuvchi uskunasini avtomatik tizimda tozalashga imkon beradi va shu tarzda konditsionerning xizmat muddatini ancha vaqtga uzaytiradi.

Artel kompaniyasining barcha yirik maishiy texnikasi 3 yillik to‘liq kafolatga ega. Kafolatdan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan 33 dan ortiq servis markazlaridan biriga murojaat qiling.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: artelgroup.org, fb.com/arteluzb sahifalariga tashrif buyuring yoki (+998) 78 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid