Jamiyat | 13:45 / 19.03.2019
3883
2 daqiqa o‘qiladi

Deputat tashabbusi bilan maktab-internat hududiga suv chiqarib berildi

Xalqimizda «Savob ishni har kim, har yerda qilish kerak» degan hikmatli naql bor. Xayrli ishlar qilish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish – insonning eng oliy fazilatlaridan biri sanaladi. Shunday ekan, biz qanday mansabda bo‘lmaylik, atrofdagilarga imkoni boricha ko‘maklashishga harakat qilishimiz kerak. 

Kuni kecha Toshkent shahar O‘zLiDep Shayxontohur tumani deputati Lutfulla Ubayev mana shunday xayriyaga yana bir bor qo‘l urdi. Uning tashabbusi bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan 105-sonli maxsus maktab-internatining ko‘kalamzor maydonidagi nosoz sug‘orish tizimidan endilikda hech qanday qiyinchiliklarsiz suv chiqarilmoqda. 

Aytib o‘tish joizki, maktab-internatning bog‘ maydonidagi sug‘orish tizimi uzoq muddatdan beri buzilib yotgani sabab, ko‘kalamzor maydon yashil hudud yo‘q bo‘lib ketishi mumkin edi. Endi esa yer osti suv tizimining nasos qismlari yangidan ta'mirlanib, hozirda ko‘kalamzor maydonga hech bir muammosiz suv chiqmoqda. 

Bahor ayyomi arafasida ayniqsa imkoniyati cheklangan bolalarga zavq ulashishda yashil maydon kerak bo‘ladi. 

Shu munosabat bilan, maktab ma'muriyati deputatga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining kelgusidagi faoliyati hamda xayriya ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

105-sonli maxsus maktab-internat direktori 
E.F.Zakirova

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid