Samarqand şahrida 59-közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internati mavjud. Uşbu dargoh yonidan ötib ketarkanmiz, “Nurli maskan” degan yozuvga közimiz tuşadi. Şunday paytda oçiği içkaridagi hayot, muhit köpçilikni qiziqtiradi.

Samarqand şahrida 59-közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internati mavjud. Uşbu dargoh yonidan ötib ketarkanmiz, “Nurli maskan” degan yozuvga közimiz tuşadi. Şunday paytda oçiği içkaridagi hayot, muhit köpçilikni qiziqtiradi.

Biz mazkur nurli maskanda bölib, közi ojiz bolalarning qanday ta’lim-tarbiya olayotgani, ularning salohiyati, qobiliyati bilan tanişiş imkoniyatiga ega böldik. Öz navbatida mazkur sohaning yutuq va kamçiliklari bilan ham yaqindan tanişdik.

Uşbu dargoh 1961 yilda taşkil qilingan bölib, hozirgi kunda 250 ga yaqin öquvçi-yoşlar tahsil olmoqda. 25 ta fan, sport va madaniy tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.

Maktab direktori Abduhalim Meliyevning aytişiça, “Nurli maskan”ga öquvçilar olti-yetti yoşdan qabul qilinadi. Öqituvçilarning qariyb töqson foizi közi ojiz yoki zaif köruvçi ustoz-murabbiylardir. Muassasa rahbari bu holatni öquvçilar qatlami ham xuddi şunday xastalik bilan kuraşib kelayotgani uçun ular özaro yaxşi til topişişi bilan izohladi.

– Men köp yillar davomida turli ta’lim muassasalarida işladim, ikki tumanda xalq ta’limi bölimlarini boşqardim. Biroq uşbu dargohga kelib, bu toifa insonlar haqida heç qanday tasavvurga ega emasligimni anglab yetdim. Ularni anglaş, tuşunişga köp vaqt ajratdim. Xulosam şu böldiki, közi ojiz insonlarning köngli juda nozik. His-tuyğulari, sezgilari ham şunga monand. Bizdan bir neça barobar eşitiş, eslab qoliş, seziş qobiliyati kuçli bölarkan. Bu afzalliklar bilan ular ham jamiyatda soğlom odamlar qatori öz örnilarini topişlariga yordam beradi. Ularning köpi bizdan odatda moddiy yordam kutadi, deb öylaymiz. Yöq, ular qulaylik istaşadi, xolos. Biz uçun köça-köyda harakatlaniş heç qanday qiyinçilik tuğdirmaydi, örganib ketganmiz. Biroq ular ham sayr qilişni, şahar aylanişni istaşadi. Afsuski, bu borada biz ançagina orqadamiz. Şaharsozlikda, jamoat joylarda mana şunday insonlarning ham harakatlanişini hisobga olib qulaylik yaratsak foydadan xoli bölmaydi, – deydi Abduhalim Meliyev.