Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel kompaniyasi sizni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etadi
Artel kompaniyasi barchangizni uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan chin dildan qutlaydi.
Artel kompaniyasi Sizga uzoq umr, baxt-saodat, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka, tinchlik-farovonlik tilaydi. O‘ylagan barcha ezgu niyatlaringiz, orzu-havaslaringiz amalga oshishini tilab qoladi.
Diyorimizga fasllar kelinchagi bahor tashrif buyurdi. Kunlar isib ona yurtimizning tabiati go‘zallikka burkanmoqda. Gullagan daraxtlar, ko‘kargan maysalarga ko‘z tushganda, tabiatimizning betakror tarovatidan dillar quvnaydi. Yon-atrofga ko‘z tashlab, ushbu go‘zallikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan insonlar yashash va yaratishga ilhomlanishadi, qalblarda esa faqatgina sof tuyg‘ular uyg‘onadi.

Bahor fasli tabiatimizning tiklanish va yangilanish pallasidir.
Ezgulik, muhabbat, xayr-saxovat ayyomi bo‘lmish Navro‘z bayrami bahor faslining bor go‘zalligini o‘zida mujassam etgan. O‘zbekistonliklar Navro‘zni ishtiyoq bilan kutishadi va quvnoqlik bilan nishonlashadi.
Navro‘z bayrami o‘zbekistonliklarning bor mehmondo‘stligini, saxovatliligini, insonparvarligini o‘zida aks ettirgan. Navro‘zda dasturxonlar doimo to‘kin-sochin bo‘lishi, bayram kuni boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish, qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin birodarlarga shirinliklar, ko‘k somsa, palov, sumalak kabi milliy taomlar ulashish o‘zbekistonliklar uchun urf-odat va muqaddas an'anadir.
Bahor fasli hayotingizga baxt, oilangizga farovonlik, iliqlik, sog‘lik, quvnoq uchrashuvlarni va samimiy tabassumlarni olib kirsin. Navro‘z ayyomida qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka, oilangizdan shod-u xurramlik hech arimasin. Navro‘zi Olam muborak!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022