Jamiyat | 16:08 / 21.03.2019
5687
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyaga ishga yuborishni va'da qilib 14 900 dollar olgan ayol ushlandi - IIV

2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahar Mirobod tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil iyul oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Avliyoota ko‘chasida yashovchi G.A. ismli ayol Sarikul ko‘chasida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Pochta ko‘chasida yashovchi J.Q. va uning tanishlarini Koreya davlatiga ishga yuborishda yordam berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u aldov yo‘li bilan J.Q.dan jami 14 900 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida G.A. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid