Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu AQShda hibsga olinishi ehtimoli tufayli «Yuventus» yozgi turnesini Osiyoga ko‘chiradi
«Yuventus» mavsumoldi turnesini AQShda emas, Osiyoda o‘tkazadi, deb xabar bermoqda The New York Times.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Xalqaro chempionlar kubogi tashkilotchilari bu yilgi musobaqa ishtirokchilari safiga «byankoneri»ni kiritmaslikka qaror qilishgan, bunga jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan AQShda sentyabrdan buyon tergov ketayotgani sabab bo‘lgan. Tashkilotchilar portugaliyalik yulduz Qo‘shma Shtatlar hududiga kirgan taqdirda ehtiyot chorasi sifatida hibsga olinishi ehtimoli yo‘q emas, deb hisoblashmoqda.
Turin klubi ko‘p yillardan buyon «Relevant Spors» kompaniyasi tomonidan tashkil etib kelinadigan Xalqaro chempionlar kubogida ishtirok etib keladi. Ammo bu yil klub Xitoy va Singapurda yig‘in o‘tkazishi, ularda «Tottenhem» va «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishi kutilmoqda.
Qayd etish kerak, XChK rasmiy saytida 6 mart kuni chiqqan xabarda «Yuventus» shu yil yozda turnirda ishtirok etishi tasdiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil kuzida amerikalik model Ketrin Mayorga Ronaldu ustidan da'vo bilan chiqqan va Krishtianu 2009 yil iyunida unga nisbatan zo‘ravonlik qilganini arz qilgandi. Hujumchi bu ayblovlarni butkul rad etib, model shu yo‘l bilan ommaga tanilishni istayotganini aytib keladi. «Huquqshunoslarimning ishonchi komil, shu jumladan, o‘zimning ham. Haqiqat, albatta, yuzaga chiqadi», - degandi u.
Bir oy oldin EA Spors kompaniyasi hech qanday izohlarsiz Ronalduni FIFA19 muqovasidan olib tashlagan edi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026