Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dunyodagi eng qimmat dorining biologik muqobili yaratildi
Rossiyada dunyoda eng qimmat dori vositasi bo‘lgan ekulizumabning biomuqobili yaratildi, deb xabar berdi Rossiya Savdo-sanoat vazirligi.
Ekulizumab kam uchraydigan kasalliklar – paroksizmal tungi gemoglobinuriya (PTG) va g‘ayrioddiy gemolitik-uremik sindrom (G‘GUS) kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Ma'lumot berilishicha, Rossiyada PTG bilan kasallangan bitta bemorning bir yil davolanishi 26-27 million rubl (406-421 ming dollar), G‘GUS bilan kasallangan bemorning bir yil davolanishi esa 35-37 million rublga (546-578 ming dollar) tushadi.
Savdo-sanoat vaziri Denis Manturovning aytishicha, Rossiya kompaniyasi tomonidan yaratilgan preparat asliga nisbatan 25%ga arzonroq bo‘ladi.
Ochiq ma'lumotlarga qaraganda, Yer yuzi bo‘yicha 8 ming kishi PTG kasalligiga chalingan.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026