Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela hukumatini “moliyaviy bo‘g‘a oladi” – Bolton
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Venesuela hukumatiga sanksiyalarni qat'iylashtirish bilan tahdid qildi. Bolton bu haqda tvitterda yozgan.
“Prezident Tramp eng qat'iy sanksiyalar hali kelmaganini aniq aytdi. Agar Maduro tomonidan hokimiyatning uzurpatsiyasi tugamasa, u va uning sheriklari moliyaviy ma'noda bo‘g‘iladilar. Vaqt tugamoqda”, deb aytgan Bolton.
Tramp maslahatchisi Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo yordamchisini darhol qo‘yib yuborishni talab qilgan, yo‘qsa bu “yomon oqibatlarga” olib kelishi bilan tahdid qilgan. Avvalroq OAV Guaydo yordamchisi ushlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026