Jamiyat | 14:57 / 22.03.2019
5035
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohurdagi tezkor tadbir natijasida bir kilogrammga yaqin giyohvandlik moddasi olindi

2019 yil 18 mart kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, uning davomida Shayxontohur tumani Bobur ko‘chasida yashovchi B.A. uyi hojatxonasida saqlayotgan 6 dona tselofan paketlarga o‘ralgan jami 953,40 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid